en
  • info@agros.uz
  • 1186

Become an agent

Sug‘urta agenti bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Sug‘urta agenti bo‘lish uchun jismoniy va yuridik shaxslar sug‘urta tashkilotining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilishlari mumkin.

  • Jamiyat cheklanmagan hajmda O‘zbekiston Respublika fuqarolari va yuridik shaxslar bilan agentlik kelishuvini tuzishi mumkin, bunda jismoniy shaxslarning yoshi 18 dan kam bo‘lmasligi lozim.
  • Sug‘urta agenti bilan agentlik kelishuvini tuzish hududiy fiilal  orqali rasmiylashtiriladi.
  • Nomzodlarni sug‘urta agenti sifatida qabul qilishda maxsus bilim va mehnat staji talab etilmaydi. Shu bilan birga nomzod kamida o‘rta ma'lumotga ega bo‘lishi, aholi orasida tashkiliy ommaviy tadbirlarni amalga oshirishda yetarli darajada malakaga va muomala qilish madaniyatiga ega bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod bilan suhbat o‘tkaziladi.
  • Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan agentlik kelishuvlari tuziladi va xizmat guvohnomasi beriladi.      

    
Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni  taqdim qilish lozim:

  1. Fuqorolik pasportining nusxasi
  2. Yaqin qarindoshlari haqida ma'lumotlar ;
  3. Soliq to‘lovchining identifikasion raqami (STIR);

Yuridik shaxslar kuyidagi xujjatlarni taqdim qiladi:

  1. Yuridik shaxsning ta'sis hujjatlari:
  2. Ustavi
  3. Rahbar pasportining nusxasi,
  4. Yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi guvohnomasi nusxalari);

Sug‘urta agenti «Uzinsurance» AJ sug‘urta kompaniyasi bilan ishlab qancha daromad oladi?

Agentning asosiy daromadi sug‘urta xizmatlarini sotishdan komission mukofot tashkil etadi:

Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha komission mukofot quyidagini tashkil etadi:

  • Transport vositasi egalarining javobgarligini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha – agentlik mukofot miqdori sotilgan sug‘urta xizmatining 22 % gacha;
  • Ish beruvchining javobgarligini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha – agentlik mukofot miqdori sotilgan sug‘urta xizmatining 22 % gacha;
  • Tashuvchining javobgarligini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha – agentlik mukofot miqdori sotilgan sug‘urta xizmatining 22 % gacha.
  • Ihtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha agentlik mukofot miqdori sotilgan sug‘urta xizmatining 25 % gacha belgilangan.

 

Sug'urta agenti bo'lish uchun quyidagi formani to`ldiring:

Sohada korrupsiyaga guvoh bo‘ldingizmi?

U holda korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ullari bilan onlayn bog‘laning. Shaxsingiz sir tutilishi kafolatlanadi.