Information given in Uzbek
Mirabzalov Mirsaid Mirzaaxmetovich
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining
birinchi o‘rinbosari
1977 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 2004 yil Toshkent davlat chet tillari universiteti, 2006 yil Toshkent davlat chet tillari universiteti, 2012 yil O‘zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi ingliz va ispan tillari tarjimoni, iqtisodiyot (sug‘urta ishi).
MEHNAT FAOLIYATI
1992-1995 yillar - Toshkent davlat universiteti 3-toifali malyarchisi;
1996-1996 yillar - “VALYuAL” xususiy firma elektropayvandchisi;
1997-1998 yillar - “Kil-Belvo” xususiy firma direktori;
1998-1998 yilla - “Lafz-Baraka” sho‘ba korxonasi investision departamenti mutaxassisi;
1999-1999 yillar - “Oliygoh” kichik davlat korxonasi ekspeditori;
2000-2001 yillar - “UNIKON” mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori;
2001-2004 yillar - Toshkent shahar Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari qurish direksiyasi 1-toifali muhandisi, butlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
2004-2005 yillar - Akademik liseylar qurish respublika injiniring kompaniyasi moliya bo‘limi bosh mutaxassisi, marketing bo‘limi boshlig‘i;
2006-2008 yillar - “Parvona-Sug‘urta” sug‘urta birlashmasi Toshkent shahar direksiyasi bosh menejeri, direksiya direktori;
2008-2008 yillar - “Toshkent Sugurta” mas'uliyati cheklangan jamiyati sug‘urta kompaniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari;
2008-2010 yillar - “Ingo-Uzbekistan” sug‘urta yopiq aksiyadorlik jamiyati Toshkent filiali direktori;
2010-2012 yillar - “Finans Sug‘urta” ochiq aksiyadorlik jamiyati Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, Bosh direktori;
2015-2017 yillar - “Hamkor Sug‘urta” mas'uliyati cheklangan jamiyati Moliyaviy maslahatchisi, Bosh direktorining o‘rinbosari;
2017 yildan - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari.
Yusupov Alisher Nasirdjanovich
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari
1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 2000 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2002 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2006 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat va mahalliy iqtisodiyot, sug‘urta ishi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a'zosi.
MEHNAT FAOLIYATI
1995-2006 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasi yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i;
2001-2004 yillar - “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hayotni va salomatlikni sug‘urtalash departamenti mutaxassis-shogirdi, sug‘urta polislarini sotish bo‘yicha markaz mutaxassis-shogirdi, anderrayteri, Toshkent shahar filiali-bosh anderrayterlik agentligi sug‘urta polislarini sotish bo‘yicha markaz anderrayteri;
2003-2006 yillar - Toshkent moliya instituti aspiranti;
2008-2011 yillar - “Advanced Financial Solution Research” mas'uliyati cheklangan jamiyatining investisiya-bank loyiha bo‘limi menejeri;
2011-2015 yillar - “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (ochiq aksiyadorlik jamiyati), Boshqaruvining strategik rivojlantirish va marketing departamenti bosh menejeri vazifasini bajaruvchisi, bosh menejeri;
2015-2017 yillar - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvining Strategik rivojlantirish, marketing va sifatni boshqarish departamenti bosh menejeri;
2017-2017 yillar - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi;
2017 yildan - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari.
Axadov Bekzod Abdurafikovich
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari
1980 yil Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 2002 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2003 yil O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisiligi moliya, bank ishi magistri.
MEHNAT FAOLIYATI
1997-1999 yillar - Aksiyadorlik tijorat bank “Parvinabank” Toshkent shahar bo‘limi Iqtisod-kredit bo‘limi stajyori, 2-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi;
1999-2000 yillar - “Asakabank” Korporativ mijozlar bilan ishlash boshqarmasi Savdoga oid moliyalashtirish bo‘limi mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi;
2000-2001 yillar - “Asakabank” Korporativ mijozlar bilan ishlash boshqarmasi SVIFT bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i;
2001-2005 yillar - “Asakabank” davlat-aksiyadorlik tijorat banki Toshkent shahar filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari;
2005-2007 yillar - “Asakabank” davlat-aksiyadorlik tijorat banki Shayxontohur filiali boshqaruvchisi;
2007-2009 yillar - “Asakabank” davlat-aksiyadorlik tijorat banki Xalqaro hamkorlik va eksport-import amaliyotlari departamenti boshlig‘i;
2009-2017 yillar - “Asakabank” aksiyadorlik tijorat banki Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta amaliyotlari departamenti boshlig‘i;
2018-2018 yillar - “Asakabank” aksiyadorlik tijorat banki Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti boshlig‘i;
2018 yildan - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining o‘rinbosari.
Information given in uzbek
Information given in uzbek
Information given in uzbek
Information given in uzbek