uz

Namanganda Mijozlarning Sug‘Urtaviy Manfaatlari Himoyalandimi?

image

Namanganda mijozlarning sug‘urtaviy manfaatlari himoyalandimi?

 Falokat oyoq ostida, deydi dono xalqimiz. Inson hayoti past-balandliklardan iborat. Kimki turli kutilmagan hodisalarga shay bo‘lsa, hayotning o‘nqir-cho‘nqirlarida kam qoqiladi. Bugungi zamonaviy jamiyatda bunday talafotli holatlardan himoyalashning eng maqbul usuli sug‘urta xizmati hisoblanadi.

    Hozirgi kunda “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati Namangan viloyati filiali tomonidan aholining sug‘urta xizmatiga bo‘lgan ishonchini oshirish, xizmat ko‘rsatish ko‘lami va sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari natijasida sug‘urta turlariga bo‘lgan qiziqish, ishtiyoq va talab kundan kunga o‘sib borayapti. Buni rasmiylashtirilgan sug‘urta polislari doirasida fuqarolarning murojaatlari soni ortib borayotganligi misolida kuzatish mumkin.

  • Uychi tumanidagi Jiydakapa suv inshootida ishlayman. Uch nafar farzandning otasiman. Yaqinda “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasidan baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash polisi bo‘yicha menga ikki million so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamasi to‘lab berildi. Sug‘urtalanib yurgan odam hech qachon yutqazmaydi. Boshqalarni ham sug‘urta xizmatidan foydalanishga chaqiraman. Birinchidan, xizmat narxi arzon. Ikkinchidan, doim ko‘nglingiz hotirjam. Dilda hotirjamlik bo‘lsa, mehnatda unum-baraka bo‘ladi, — deydi norinlik Bekzod Teshaboev.      

     Shu o‘rinda, moliyaviy xizmatlarga qiziqish viloyatning ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida ham kun sayin ortib borayotganligini ta’kidlash o‘rinlidir. Jumladan, 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash” polisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar soni avvalgi yillarga nisbatan oshganligini e’tirof etish lozim.

    Umuman, “O‘zagrosug‘urta” AJ Namangan viloyati filiali tomonidan 2021 yilning 9 oy davomida  qariyb 62,5 ming dona sug‘urta shartnomalari imzolangan. Ushbu shartnomalar diorasida olib borilayotgan javobgarlik miqdori qariyb 3,5 trillion so‘mni tashkil etadi. Joriy yilning shu davriga qadar filial tomonidan sal kam 3 millird so‘mlik zararlar qoplab berilgan. Sug‘urta hodisalari ichida eng yirik to‘lovlar majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha amalga oshirilgan.

  •  Oilada uch kishimiz. Uy bekasiman, ikki nafar nabiram bor. Turmush o‘rtog‘im “To‘raqo‘rg‘on Neftbazasi” masuliyati cheklangan jamiyatida ishchi xodim edi. O‘tgan yili ish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Uning ish beruvchisi tomonidan sug‘urtalanganligi bois bizga naf oluvchi sifatiga “O‘zagrosug‘urta” tashkiloti 130 million so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni aniqlanib, shu kunga qadar 110 million so‘mi to‘landi. Yana 20 million so‘mi shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Buning uchun sug‘urta tashkilotiga katta minnatdorchilik bildiraman. Yaratgan barchamizni turli balo qazodan o‘zi asrasin”, — deydi Uychi tumani “Yorqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi Zarifaxon Kamalova.

Axborot xizmati