uz

“Shartnomaviy Munosabatlarni Tubdan Takomillashtirish Chora-Tadbirlari ToʼGʼRisida”Gi Prezident Farmonida Qanday Yangiliklar Bor?

image

“Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident farmonida qanday yangiliklar bor?

 Farmonga koʻra, 2021-yil 1-dekabrdan quyidagilar bekor qilinadi: banklarga yetkazilgan mahsulot uchun toʻlovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qoʻyilgan taqiq; davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlarni yetkazib berish toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarida toʻlovni oldindan belgilashga doir talab;

qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talab.

Taʼkidlansinki, ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan oldindan toʻlov va avans shartnoma taraflarining kelishuviga muvofiq belgilanadi.

Jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida oʻzaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat berildi.