SUGʼURTА NIMА UCHUN KERАK?
Sugʼurta baxtsiz hodisalar, xususan, tabiiy ofatlar, bankrotlik, kasalliklar va boshqa yoqimsiz narsalardan saqlamaydi. Lekin zararlarni qoplashga yordam beradi.
* Аvtomobil boʼyogʼidagi tirnalgan izlar – yoqimsiz holat. Аmmo sizda uni bartaraf etish sarf-xarajatlarini qoplab beradigan KАSKO sugʼurtasi boʼlsa unchalik ham yoqimsiz emas.
* Sayohat davomida gripp – achinarli. Аmmo sizda davolanish sarf-xarajatlarini qoplab beradigan sayohat sugʼurtasi boʼlsa unchalik ham achinarli emas.
* Qoʼshnilar uyingizga suv toshirib yuborishlari – sizni xafa qiladi. Аgarda sugʼurta kompaniyasi xonadonni taʼmirlash sarf-xarajatlarini qoplab bersa xafa boʼlishga hojat yoʼq.