Sayt test rejimida ishlamoqda

O’Zagrosug’Urta Aj Ijroiya Organi (Boshqaruvi) A’Zoligiga Tanlov E’Lon Qiladi

image

O’zagrosug’urta AJ Ijroiya organi (Boshqaruvi) a’zoligiga tanlov e’lon qiladi

“O’zagrosug’urta” AJ (mantda bundan buyon – Jamiyat deb yuritiladi) Ijroiya organi (mantda bundan buyon – Boshqaruv deb yuritiladi) 7 (yetti) nafar a’zodan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Jamiyat Ustaviga muvofiq o’z zimmasiga yuklatilgan vakolatlar doirasida Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Jamiyat Boshqaruvi aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Jamiyat Boshqaruv a’zolari Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan bir yillik muddatga saylanadi (tayinlanadi).

Tanlovda moliya, korporativ boshqaruv va sug’urta sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mamlakatimiz va xorijda faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislar, xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin.

Jamiyat Boshqaruvi a’zolariga to’lanadigan haq miqdori Jamiyat faoliyatining samaradorligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi va shartnomada belgilanadi.

Jamiyat Boshqaruviga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • Jamiyatning kundalik faoliyatida boshqarish samaradorligini tashkil etish;
  • sug’urta faoliyati qoidalari, sug’urta shartnomalari (polislari)ni va o’z vakolati doirasida Jamiyatning boshqa me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash;
  • Jamiyatning ish rejalari, Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining va Kuzatuv kengashi qarorlari bajarilishini ta’minlash;
  • Jamiyatning hududiy filiallari tomonidan tuziladigan sug’urta shartnomalari bo’yicha olinishi mumkin bo’lgan sug’urta javobgarligining chegaraviy miqdorini belgilash;
  • Jamiyatning hududiy filiallari tomonidan mustaqil ravishda hal etilib, to’lanishi mumkin bo’lgan sug’urta tovon (pul)lari chegaraviy miqdorlarini belgilash;
  • qonun hujjatlariga muvofiq Jamiyatning investitsiyaviy faoliyatini yuritish;
  • balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to’g’risida qaror qabul qilinayotgan sanada Jamiyat sof aktivlari miqdorining o’n besh foizidan ortiq bo’lmagan mol-mulkni sotish yoki sotib olish bilan bog’liq bitim tuzish to’g’risidagi (agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa) masalalarni zarur hollarda ko’rib chiqish;
  • Jamiyatning Ustavi va lokal hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar o’zlari haqidagi ma’lumotlarni info@agros.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 19-mavze, 61/2-uy manzili bo’yicha murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun tel.: 71-216-57-69

Jamiyat Kuzatuv kengashi