uz

“Uzinsurance”Da Faoliyat Yuritish Istagidagi Yoshlarga Imkoniyat Yaratiladi

image

“Uzinsurance”da faoliyat yuritish istagidagi yoshlarga imkoniyat yaratiladi

   Joriy yilning 4-noyabr kuni “Uzinsurance” kompaniyasi vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karyera” kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

    Tadbirda respublikamizdagi yirik banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ish beruvchi sifatida qatnashdi.

    “Uzinsurance” kompaniyasi vakillari tomonidan innovatsion hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida TDIU ning yosh va iqtidorli mutaxassislarini tanlov yo‘li bilan ishga jalb qilish yuzasidan bitiruvchi talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida bitiruvchi yoshlarga kompaniyaning hozirgi kundagi mavqei, ustuvor jihatlari va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.

    Anjumanda universitet rektori Kongratboy Sharipov “Uzinsurance” kompaniyasining tadbirdagi faolligini e’tirof etib, universitet nomidan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirladi.

    — “Uzinsurance” O‘zbekiston sug‘urta bozorida eng yirik va nufuzli kompaniya hisoblanadi. Bitiruvchilarimizning mazkur yetakchi tashkilotda ishga jalb qilinishi biz uchun ulkan sharaf. Umid qilimizki, o‘zaro hamkorligimiz davomiy bo‘ladi, — dedi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori K.Sharipov. 

  “Karyera kuni” yakunlariga ko‘ra, “Uzinsurance” kompaniyasida mehnat faoliyatini boshlash istagini bildirgan bitiruvchilar orasidan 30 nafarga yaqin yosh mutaxassislarning shaxsiy ma’lumotlari qabul qilindi.

    Kelgusida ularga kompaniya tizimida amaliyot o‘tash va tanlov asosida bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish borasida kelishuvga erishildi.

“Uzinsurance” Axborot xizmati