uz

18-Noyabr — O‘Zbekiston Respublikasi Bayrog‘I Qabul Qilingan Kun

image

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan kun

    Vatanimiz bayrogʻi – gʻurur va faxrimiz, buyuk oʻtmish, bugunimiz va yorqin kelajagimiz timsoli.  Ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, gʻalaba ramzi. Mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik belgisi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi.
    “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

     Milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a‘zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma‘rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha‘ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. Masalan, xalqaro sport bellashuvlarida g‘alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga  yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizni his qilamiz.

    Bayroq — har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

    Davlat bayrogʻi va uning ramzi bugungi Oʻzbekiston sarhadida qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi.