uz

Qoraqalpoq Elining “Uzinsurance” Xizmatlaridan Ko‘Ngli To‘Q

image

Qoraqalpoq elining “Uzinsurance” xizmatlaridan ko‘ngli to‘q

    Bugun rivojlangan mamlakatlar masalan, Fransiyaning AXA (AKSA), Germaniyaning Allianz (Alyans), AQShning MetLife (MetLayf), Shveysariyaning Zurich Insurance Group (Syurix inshurens Gruup) kabi xalqaro darajadagi sug‘urta kompaniyalarida biznes, umuman iqtisodiyot tarmoqlarini sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish yuqori darajada. Bu ishbilarmonlarga har tomonlama qulaylik, ya’ni biznesni moliyaviy xatarlardan saqlashning muhim kafolati. Ayni paytda rivojlanish bosqichida bo‘lgan mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalarida ham bu kabi xizmatlar mavjud. Ammo tan olib aytishimiz kerak aholini, biznesni sug‘urta bilan qamrab olish darajasi hamon pastligicha qolmoqda.

    O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, ularining jozibadorligini oshirish, eng muhimi xalqning ishonchini qozonish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Fikrimizni Jamiyatning birgina Qoraqalpog‘istondagi filiali misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, 2021 yil 1 iyun holatiga qariyb 2,5 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofoti ta’minlangan. Salkam 51 ming dona sug‘urta shartnomasi tuzilgan.

    Ma’lumki, sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonch to‘lovlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bilan uyg‘onadi. Shu ma’noda filial tomonidan jami 162 ta holat buyicha 700 million so‘mga yaqin sug‘urta qoplamalari amalga oshirilgan.

    Masalan, Nukus shahrida istiqomat qiluvchi, ayni paytda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Hidoyat Mustafayevga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sug‘urta turi bo‘yicha 9 089 456 so‘m sug‘urta tovoni tulab berildi. Turli hil xususan, moliyaviy xatarlar ikki nafar farzandi bor Hidoyat uchun endi xavf solmaydi.

    Xo‘jayli tumanida istiqomat qiluvchi Alimov Jahongir avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Kutilmagan avtoxalokat natijasida avtomobil ustasining shaxsiy transport vositasiga uning ziyon yetdi. “O‘zagrosug‘urta” AJning Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan Jahongirga ham transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sug‘urta turi bo‘yicha 14 million so‘m to‘lab berildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

    Xulosa o‘rnida aytish joizki, sug‘urta kompaniyasining asosiy vazifasi bu zararlarni qoplash. Sug‘urtalash aksariyat mamlakatlar iqtisodiyotining sezilarli sohalaridan biriga, ammo bundan ham muhimi – aholi va biznesga yetkazilgan yo‘qotishlar va zararlarni qoplashning moddiy manbaiga aylanib bormoqda.

“O‘zagrosug‘urta” AJ

Axborot xizmati