uz

Jizzaxda Ixtiyoriy Sug‘Urta Turlariga Talab Ortib Bormoqda

image

Jizzaxda ixtiyoriy sug‘urta turlariga talab ortib bormoqda

    Jizzax viloyatida 2021 yil 1 iyun holatida ta’minlangan sug‘urta  mukofotlari 1,4 milliard so‘m,  tuzilgan sug‘urta shartnomalar soni 15 000 dan oshadi. Tuzilgan shartnomalarning va to‘langan sug‘urta qoplamalarining 60 foizi ixtiyoriy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa aholining sug‘urta ihtiyoriy turlaridan foydalanish ko‘lami tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi.

    Misol uchun, baxtsiz hodisalardan 7300 ga yaqin sug‘urta polislari rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu avvalgi yillarga nisbatan ikki barobarga ko‘pdir. Shuningdek, aholining turar joy imoratlarini sug‘urta qilish bo‘yicha viloyatda 783 dona shartnoma imzolangan bo‘lib, ushbu shartnomalar doirasida sal kam 20,5 million so‘mlik sug‘urta mukofoti ta’minlandi. Kompaniya tomonidan olingan sug‘urta javobgarligi esa qariyb 1,5 milliard so‘mni tashkil etadi.

    Bugungi kunda jizzaxliklar hayotida ihtiyoriy sug‘urtaning o‘rni kundalik ehtiyojlar sirasiga kirib bormoqda. Boisi, viloyatning qariyb barcha tumanlarida sug‘urta markazlari faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, eng chekka qishloqlar, mahallalarda aholi vakilari bilan tez-tez ochiq muloqotlar o‘tkazilayotni samarasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

          — Maktabda informatika fanidan dars beraman. Ayolim uy bekasi, farzand tarbiyasi bilan. Ota-onam ham biz bilan yashaydi. Oilada yagona boquvchi bo‘lganim uchun doim baxtsiz hodisalardan sug‘urtalanib yuraman. Buni qaranki ushbu odatim og‘ir kunimga asqotdi. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasiga rahmat, polis bo‘yicha 3,5 million so‘m sug‘urta tovonini qisqa muddatda to‘lab berishdi. Buyog‘ini so‘rasangiz uyda extiyotsizlik qilib, tizzamdan og‘ir jarohat oldim. Birmuncha vaqt ishga chiqmaslikka to‘g‘ri kelmoqda. Sug‘urta tovoni barcha davolanish harajatlarni qopladi, deydi — Zomin tumani 27-maktab o‘qituvchisi Nursulton Raxmatullaev.

    Filial tomonidan viloyat miqyosida sug‘urta shartnomalarining asosiy qismi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilish” turi bo‘yicha rasmiylashtirilgan. Mazkur shartnomalar doirasida qariyb 69 million so‘mlik zararlar qoplab berildi.

    — Tirikchilik tadbirkorlikdan. Bir qiz, ikki o‘g‘ilning otasiman. Yaqinda shaharning “Markaziy dehqon bozori” yonida yo‘l transport hodisa yuz berdi. Boshqaruvimda bo‘lgan “Damas” mashinasiga jiddiy zarar yetdi. Sug‘urta polisi bo‘yicha 12 million so‘mdan ortiq mablag‘ni “O‘zagrosug‘urta” o‘z hisob raqamimga ko‘chirib berdi. Agar sug‘urtam bo‘lmasa, qora qozon qaynashi so‘roq ostida qolardi. Rahmat, — deydi Jizzax shahridan Toshev Adham.

    Umuman olganda, «O‘zagrosug‘urta» AJ Jizzax viloyat filiali tomonidan  2021 yilning 5 oyi davomida jami to‘langan sug‘urta tovonlari qariyb 1 milliard so‘mni tashkil etadi.  Xususan:

  • Majburiy avtosug‘urta — 69 million so‘m;
  • Mol-mulk garovga qo‘yishni sug‘urtalash — 27 million so‘m;
  • Baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish — 12 million so‘m;
  • Kredit qaytmasligi sug‘urta turidan — 44,5 million so‘m;
  • Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash  — 800 million so‘m.

«O‘zagrosug‘urta» AJ

 Axborot xizmati