uz

“Uzinsurance” — “Karyera” Kunida Bitiruvchi Talabalarning Tanlovi

image

“Uzinsurance” — “Karyera” kunida bitiruvchi talabalarning tanlovi

    Kuni kecha Toshkent Moliya institutida “Karyera” kuni munosabati bilan juda kata tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublikamizdagi yirik banklar, sug‘urta kompaniyalari va bank-moliya sohasidagi jami 120 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar ish beruvchi sifatida ishtirok etdi.
    Aytish kerakki, 2022 yilgi “Karyera” kunida “Uzinsurance” kompaniyasi vakillari faol qatnashdi. Kompaniyaga yosh va iqtidorli mutaxassislarni ishga jalb qilish yuzasidan talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida bitiruvchi yoshlarga kompaniyaning hozirgi kundagi mavqei, ustuvor jihatlari va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.


    Anjuman yakunida “Uzinsurance” kompaniyasida mehnat faoliyatini boshlash istagini bildirgan bitiruvchilar orasidan 60 nafarga yaqin yosh mutaxassislarning shaxsiy ma’lumotlari qabul qilindi.
    Kelgusida ularga kompaniya tizimida amaliyot o‘tash va tanlov asosida bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish borasida kelishuvga erishildi.

“Uzinsurance” Axborot xizmati