uz

“O‘Zagrosug‘Urta” — “2021-Yil Brendi” Mukofoti Sovrindori!

image

“O‘zagrosug‘urta” — “2021-yil brendi” mukofoti sovrindori!

    Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “MAKON Marketing Forum 2022” IV xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro forum davomida respublikamiz bank-moliya va sug‘urta sohasidagi yetakchi kompaniyalar o‘rtasida V “2021-yil brendi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
    Tadbirda “UZINSURANCE” kompaniyasi — “O‘zbekistonda ommabop sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishga qo‘shgan xissasi uchun” “2021-yil brendi” mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot g‘oliblari Milliy marketing assotsiatsiyasi ekspertlari talqini va iste’molchilarning ochiq ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. 
    Ta’kidlash joizki, bugungi kunda sug‘urta xizmatlari sifati kundan-kunga yaxshilanib bormoqda, uning qamrov darajasi respublikamizning chekka hududlariga qadar yetib borishida – “UZINSURANCE” kompaniyasining sai-harakatlari iste’molchilar e’tirofiga sabab bo‘lmoqda.
    Ishonamizki, kompaniyaning yutuqlari bardavom bo‘ladi va mijozlar ishonchini oqlashda davom etadi. Har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor. UZINSURANCE — Yillar davomida oqlangan ishonch! 
Ishonchingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Axborot xizmati