uz
image

RASMIY MUNOSABAT

    Joriy yilning 27-may kuni “Tanqidlar Uz” telegram kanali orqali “Xodimlarga oylik qachon beriladi janob kattakonlar” nomli murojaat tarqatildi. Murojaatda “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining Namangan viloyati filiali xodimlariga oylik maoshlari berilmaganligi aytilgan.
    O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuning 29-moddasida anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmasligi belgilab qo‘yilgan. Zero, anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaatlarni bir tomonlama yoritish amaldagi qonun talablariga ziddir.
    Shunga qaramasdan, “O‘zagrosug‘urta” AJ tezkor ishchi guruhi tomonidan mazkur murojaatda ko‘rsatilgan masala o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida oylik ish haqidan qarzdorlik aniqlanmadi.
    Ta’kidlash joiz, “Tanqidlar Uz” tahririyati ushbu murojaatda “YILLAB oylik maoshsiz qanday yashab bo‘ladi, YILLAB maosh bermay xodimlarni ishlatish qaysi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan” singari haqiqatga zid jumlalar ishlatilgan. 
    Shundan kelib chiqib, hurmatli OAV, tanqidiy materiallarni holislik va halollik printsipiga rioya qilib, har ikki tomonning dalil va vajlari asosida jamoatchilikka yetkazishlaringizni so‘raymiz. Binobarin, yuqoridagi kabi noxolis axborotni tarqatish mamlakatdagi yetakchi kompaniyaning imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda bunday xatti-harakatlar huquqiy javobgarlikka olib keladi.
    Ma’lumot uchun: “O‘zagrosug‘urta” AJ faoliyatiga oid materiallar yuzasidan Axborot xizmati jurnalist, bloger va boshqa murojaatchilar uchun doimo ochiq. Kompaniyaning rasmiy veb-sayti (https://www.agros.uz), ishonch telefoni (1186) va ijtimoiy tarmoqdagi barcha sahifalarida aloqa uchun ma’lumotlar joylashtirilgan.

“O‘zagrosug‘urta” AJ 
Axborot xizmati