uz

Fitch Ratings: “O‘Zagrosug‘Urta” Aksiyadorlik Jamiyatining Moliyaviy Barqarorolik Reytingini (Mbr) “Bb-” Darajasida Ketma-Ket To‘Rtinchi Yil Tasdiqladi

image

Fitch Ratings: “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy barqarorolik reytingini (MBR) “BB-” darajasida ketma-ket to‘rtinchi yil tasdiqladi

Fitch Ratings: “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy barqarorolik reytingini (MBR) “BB-” darajasida ketma-ket to‘rtinchi yil tasdiqladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta xizmatlari moliya-kredit institutining strategik sektorlardan biri hisobalanadi. Aynan sug‘urta bilan davlat hamda fuqarolar ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni amalda juda ko‘p to‘qnash kelinadigan xavf-xatarlardan himoyalanishlari mumkin.

Mamlakat sug‘urta bozorining yetakchi ishtirokchilaridan biri “O‘zagrosug‘urta” AJ (Uzinsurance) mazkur yo‘nalishda faoliyat samaradorligini oshirish, yangi innovatsiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi sohasini sug‘urtalash, nafaqat mahalliy, balki xalqaro sug‘urta bozorida ham teng raqobatga kirisha olish xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tizimli islohotlarni amalga oshirmoqda.

Mazkur say-harakatlarning samarasi sifatida “O‘zagrosug‘urta” AJ ketma-ket to‘rtinchi yil Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan “BB-” barqaror reytingiga ega bo‘ldi.

Fitch Ratings hisobotiga ko‘ra “O‘zagrosug‘urta”ning moliyaviy ko‘rsatkichlari yildan-yilga yaxshilandi, bu asosan kompaniyaning 2021-yilda mulkiy sug‘urta turlarini rivojlantirishi bilan birga sug‘urta portfelini diversifikatsiya qilishi bilan bog‘liqdir.

Shuningdek Fitch Ratings, hukumat kompaniyaning asosiy ulushiga egalik qilishda davom etishini va shu sababli qishloq xo‘jaligi sug‘urtasidagi tizimli roli tufayli sug‘urtalovchi ustidan nazoratni saqlab qolishini bildirgan.

Shu bilan birga, “O‘zagrosug‘urta” AJ 2021-yil oxirida “Fitch”ning prizma faktoriga asoslangan modeli bo‘yicha “Adekvat” ball olgan bo’lib, bu 2020-yil oxiridagi “Biroz zaif” ko‘rsatkichidan yaxshilangan.

Ma’lumki, dunyoning ko‘plab investorlari “Fitch”ning kredit reytingiga tayanib ish ko‘radi. Demak, “O‘zagrosug‘urta” AJga jahon sug‘urta va qayta sug‘urta bozorlarida keng faoliyat olib borish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, kompaniya uchun mahalliy eksportyorlar va O‘zbekistonga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan investorlarni sug‘urtaviy himoya orqali qo‘llab-quvvatlash imkoniyati kengayadi.

Ushbu reyting ko‘rsatkichi olingan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilish kafolati, yuqori salohiyatli investorlar uchun ishonchlilik darajasini belgilaydi. Bu esa xorijiy investorlar va mahalliy aholining “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlariga ishonchini yanada mustahkamlashning muhim indikatoridir.