uz

Хorazmda 2022-Yil Bo‘Yicha Olingan Sug‘Urta Javobgarligi 10 Trillion So‘Mdan Oshadi

image

Хorazmda 2022-yil bo‘yicha olingan sug‘urta javobgarligi 10 trillion so‘mdan oshadi

“O‘zagrosug‘urta” AJ Xorazm viloyati filiali tomonidan o‘tgan yilda qariyb 150 ming dona sug‘urta polisi rasmiylashtirilgan.  Sug‘urta shartnomalari doirasida olingan majburiyatlarga ko‘ra, tan olingan sug‘urta hodisalari yuzasidan naf oluvchilarning 1,2 milliard so’mlik zararlari qoplab berildi. Kuni kecha viloyat telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuv ham aynan mana shu masalalarga bag‘ishlandi.

Maxsus reportaj mobaynida shuningdek, moliyaviy manfaatlari himoya qilingan aholi vakillarining sug‘urta xizmati sifati va uning ijtimoiy hayotimizdagi ahamiyatiga oid munosabati namoyish etilgan.