uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xodimasi Stol Tennisi Bo‘Yicha Musobaqa G‘Olibi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimasi stol tennisi bo‘yicha musobaqa g‘olibi

So‘nggi yillarda yurtimizda ayollar o‘rtasida sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Boisi xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, nafaqat kelajak avlodni, balki butun millatimizni sog‘lomlashtirishning muhim omilidir. 

Joriy yilning 9-10-mart kunlari Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sportning stol-tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqada respublikamizdagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilarning ko‘pligi yaqqol ko‘zga tashlandi.

“Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida o‘tkan bellashuvlarda “O‘zagrosug‘urta” AJ vakillari ham munosib qatnashib, Jamiyat Boshqaruvining Ijro etuvchi apparati yetakchi mutaxassisi Mashhura Ibodullayeva stol-tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli 2-o‘rin sohibi bo‘ldi. U shu tariqa musobaqada shohsupadan joy olgan Jamiyatning ilk xodimi sifatida o‘z nomini tarixga kiritib qo‘ydi.

Xotin-qizlarni jamiyatda faol bo‘lishlarida sportning o‘rni beqiyos, – deydi M. Ibodullayeva. – Chunki sport insonni chiniqtiradi. Bu o‘z navbatida, mehnat samaradorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida ana shundek musobaqalarni o‘tkazish an’anaga aylanib borayotganligidan bag‘oyatda xursandman. O‘ylanmanki keyingi turnirlarda eng yuqori natijaga erishaman.

Mazkur sport tadbiri yakunida har bir ishtirokchi, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Ta’kidlash kerakki, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan doimiy ravishda tizimdagi xodimlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinadi. Xususan, boshqa sport turlari bilan muntazam shug‘ullanish uchun ham yetarli shart-sharoit yaratib berilganligini alohida qayd etish lozim.

Axborot xizmati