uz

Navro‘Z Ayyomingiz Qutlug‘ Bo‘Lsin, Azizlar!

image

Navro‘z ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin, azizlar!

“O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi yasharish, yangilanish va yuksalish bayrami – Navro‘zi olam bilan chin dildan muborakbod etadi. Azmi qat’iy, bag‘rikeng, mehmondo‘st xalqimizni ko‘ngillarga olam-olam zavqu shavq ulashib, kirib kelgan bahor ayyomi – Navro‘z bilan qizg‘in qutlaydi. Jonajon yurtimizning yanada gullab yashnashi, ertangi kunimizning bundan-da obodligi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ana shunday ulug‘ bayram shukuhidan shodu xurrammiz, bir-birimizni qutlayotganimizdan baxtiyormiz. Ilohim, mana shunday bayramlarimizga, baxtiyor kunlarimizga ko‘z tegmasin, barchamizning ezgu umid ila qilayotgan har bir xayrli ishimiz baroridan kelsin! Yurtimiz to‘ylari to‘ylarga, bayramlari bayramlarga ulanaversin! Qalbdagi jo‘shqinligimiz, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimiz yanada mutahkamlanib boraversin!