uz

“OʻZagrosugʻUrta” Aj Xodimlari Uchun Malaka Oshirish Kurslarining Navbatdagi Bosqichi Yakunlandi

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ xodimlari uchun malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi yakunlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Zamonaviy boshqaruv va boshqaruv mahorati yoʻnalishida kurslar tashkil etilmoqda.

 

Tinglovchilar quyidagi mavzular boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egalladilar:

Ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʻtishning ahamiyati;

Oʻzgarishlarni boshqarish: asosiy modellar va tamoyillar;

Boshqaruvda tizimli tahlil;

Inson resurslarini boshqarish va motivatsiyalash;

Rahbar xodimning zamonaviy qiyofasi;

Samarali jamoani shakllantirish;

Vaqtdan unumli foydalanish;

Rahbarning muloqot samaradorligi;

Emotsional toliqish va uning oqibatlarini bartaraf etish.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Akademiya rektori A.Bekmurodov tomonidan sertifikatlar topshirildi.