uz

Jamiyat Boshqaruvining Komplayens Nazorat Departamenti Bosh Mutaxassisi Lavozimiga Munosib Nomzodlarni Jalb Qilish Bo‘Yicha Ochiq Tanlov

image

Jamiyat Boshqaruvining Komplayens nazorat departamenti bosh mutaxassisi lavozimiga munosib nomzodlarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov

“Oʻzagrosugʻurta” AJ (matnda bundan buyon – Jamiyat deb yuritiladi) Jamiyat Boshqaruvining Komplayens nazorat departamenti bosh mutaxassisi lavozimiga munosib nomzodlarni jalb qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.



Lavozim majburiyatlari:
- Jamiyat faoliyatida korruptsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish, chek qoʻyishga hamda oqibatlarini, shuningdek, ushbu jinoyatga imkon beruvchi sabablar, sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirilishini ta’minlash;
- xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda har qanday korrupsion holatlar, shu jumladan, manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish masalalarini tartibga solish;
- Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish toʻgʻrisida amaldagi me’yoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish davlat dasturlari boʻyicha Jamiyatga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;
- moliyaviy va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish va tizimli monitoring oʻtkazish;
- Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar va boshqa faoliyatning qonunchilikka mosligini monitoring qilish;
- faoliyatga tegishli boshqa masalalar.
Nomzodlarga talablar:
- yuridik, iqtisod, moliya, soliq va audit mutaxassisliklariga ega boʻlgan oliy ma’lumotli;
- moliya, soliq, komplaens nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, huquq bilan bogʻliq sohalarda kamida bir yillik ish tajribasi;
- kompyuterda ishlashni mukammal bilish (Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
- ma’lumot va hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, gʻoyaviy ijodkorlik, jamoa bilan hamda oʻz ustida muntazam ishlash koʻnikmalariga ega boʻlish;
- faoliyat boʻyicha xizmat safarlariga tayyor boʻlish;
- sudlanmagan va jinoiy javobgarlikka tortilmagan boʻlishi;
- rus tili hamda boshqa xorijiy tillarni mukammal bilishi ustuvorlikka ega boʻladi.

Tanlov quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
- hujjatlar qabuli;
- ariza, hujjatlarni koʻrib chiqish va baholash;
- test sinovlarini oʻtkazish;
- Komissiya bilan individual suhbat.
Ish haqi shtatlar jadvaliga asosan belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar qoʻllaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor-nomzodlar vakant@agros.uz elektron pochta manziliga kerakli hujjatlarni (pasport, diplom(lar) va uning ilovalari, mehnat daftarchasi, sudlanmaganlik toʻgʻrisida ma’lumotnoma va ob’ektivka) yuborish lozim.
Dastlabki saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi va test sinovlaridan 70 foizdan yuqori natijaga erishgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatlar 2023-yil 20-mayga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +998-71-216-24-00.