uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj: “Karyera Kuni” Bitiruvchi Talabalarning Tanlovi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ: “Karyera kuni” bitiruvchi talabalarning tanlovi

 Toshkent davlat yuridik universitetida “Karyera” kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublikamizdagi yirik banklar, sug‘urta kompaniyalari va bank-moliya sohasidagi jami 40 ga yaqin kompaniyalar ish beruvchi sifatida ishtirok etdi.

 Jamiyatga yosh va iqtidorli mutaxassislarni ishga jalb qilish yuzasidan talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida bitiruvchi yoshlarga Jamiyatning hozirgi kundagi mavqei, ustuvor jihatlari va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida “O‘zagrosug‘urta” AJda mehnat faoliyatini boshlash istagini bildirgan bitiruvchilar orasidan 30 nafarga yaqin yosh mutaxassislarning shaxsiy ma’lumotlari qabul qilindi.

 

Kelgusida ularga Jamiyat tizimida amaliyot o‘tash va tanlov asosida bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish borasida kelishuvga erishildi.