uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Mijozlari Ko‘Rsatilayotgan Xizmatlardan Minnatdor

image

“O‘zagrosug‘urta” mijozlari ko‘rsatilayotgan xizmatlardan minnatdor

    Tarixdan ma’lumki, sug‘urta kompaniyalari 20-asrning boshlariga kelibgina turli xil sug‘urta ehtiyojlarini qondira oladigan tuzilmalar sifatida samarali xizmat ko‘rsatadigan darajaga erishdi. Ya’ni, turli xil moliyaviy xatarlarni qoplab berish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Shu o‘rinda ta’kidlash lozim, sug‘urta — bu avvalambor mol-mulk, sog‘liq yoki hayot, biznes va qiymatga ega bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi xatarlarni moliyaviy himoya qilishning eng maqbul yo‘li.    

    Bugungi kunda aholi va tadbirkorlarning sug‘urtaga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda. Boisi,  sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddatlari va hujjatlari qisqartirilmoqda, sug‘urta hodisasini adolatli baholash va to‘lovlarni tezkor to‘lash tizimlari joriy etilyapti. Bunday jarayonlardan “O‘zagrosug‘urta” AJ ham mustasno emas.

 

    Ko‘rsatilayotan xizmatlar sifatidan esa kompaniya mijozlari minnatdor. Bu Jamiyat rahbariyati nomiga kelayotgan xatlarda o‘z aksini topgan. Masalan, Qashqadaryo viloyati Kasbi, Mirishkor va Chiroqchi tumanlarida tabiat nokulayliklari tufayli 2020 yilda ko‘pgina fermer xo‘jaliklari davlatga g‘alla sotish buyurtmasini bajara olmagan. Bu o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining moliya muassasalaridan olgan imtiyozli kredit mablag‘larini qaytarish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, mazkur sug‘urta holati bo‘yicha Kasbi tumani fermer xo‘jaliklariga 1,4 mlrd so‘m, Mirishkor  tumani fermer xo‘jaliklariga 1,8 mlrd so‘m hamda Chiroqchi tumani fermer xo‘jaliklariga 1,7 mlrd so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.

    Mazkur tuman hokimliklari tomonidan kompaniya rahbariyati nomiga yo‘llangan maktubda 2020 yil g‘alla kam hosili bo‘yicha tegishli tartibda to‘lab berilgan sug‘urta tovonlari fermer xo‘jaliklarining so‘ndirilmay qolgan imtiyozli kredit mablag‘larining katta qismini qoplashga yordam bergan.

    Eslatib o‘tamiz, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan Qashqadaryo viloyati buyicha 2021 yil 1-choragida jami 61 ta holat buyicha  sal kam 1 milliard so‘m sug‘urta tovoni to‘lab berildi. Shundan 7 ta holat maburiy sug‘urta, 31 tasi qishloq xo‘jaligi va 23 tasi boshqa sug‘urta turlari bo‘yicha amalga oshirilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda sug‘urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biriga aylanib bormoqda.

 

“O‘zagrosug‘urta” AJ

Axborot xizmati