uz

Esdalik Nishonlari O‘Z Egalariga Topshirildi

image

Esdalik nishonlari o‘z egalariga topshirildi

 “UZINSURANCE” (“O‘zagrosug‘urta” AJ) kompaniyasida xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mustaqillikning 30 yilligi. Uning eng katta tuhfasini  farovonlikda, bugungi va kelgusi avlodlar uchun berayotgan imkoniyatlarda ko‘rish mumkin.

 

Tadbirda Vatanimizning 30 yillik taraqqiyot davrida erishilgan natijalar  alohida qayd etib o‘tildi. Xususan, iqtisodiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlashga erishilmoqda.  Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

    Ayni paytda boshqa sohalar qatori sug‘urta xizmatlari yo‘nalishi ham keskin o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Mazkur yangilanishlar  “UZINSURANCE” kompaniyasida oxirgi paytlarda amalga oshirilayotgan yangiliklar, jumladan, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi sug‘urta turlarining joriy etilayotgani, umuman xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan amaliy harakatlar misolida tahlil qilindi.

    Ta’kidlanganidek, aynan istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechildi, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Bu o‘z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

    Tadbir yakunida Kompaniya xodimlariga esdalik nishonlari tantanali tarzda topshirildi.

"UZINSURANCEAxborot xizmati