uz

“Uzinsurance” Vakillari Mustaqillik Darslarida Ishtirok Etdi

image

“UZINSURANCE” vakillari Mustaqillik darslarida ishtirok etdi

 Mustaqillik ulug‘ ne’mat. Istiqlol bergan xurlik, erkinlikka o‘z-o‘zidan erishilmagani katta avlod vakillariga yaxshi ma’lum. Ammo, 30 yil bosib o‘tilgan yo‘lning mashaqqati, uning tarixini kelajak avlod vakillariga yetkazilishi ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelajak rejalar uchun motivatsiya berishdek ulug‘ maqsadlarga xizmat qiladi.

 6 sentyabr mamlakatimizda bilimlar kuni. Yurtimizdagi minglab o‘g‘il-qizlar ta’limning muhim bosqichi – maktabga ilk bor qadam qo‘ymoqdalar. Ularning ilk darslari  “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Mustaqillik darsi”dan boshlandi. E’tiborli jihati mazkur darslar hokimlar, turli vazirlik va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi. 

 

 Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani Xalq Ta’limi Boshqarmasiga qarashli 35-o‘rta maktabning 1-sinf o‘quvchilariga “Mustaqillik darsi” “UZINSURANCE” (O‘zagrosug‘urta AJ) kompaniyasining Surxondaryo viloyati filiali rahbari ishtirokida o‘tkazildi. Dars davomida O‘zbekistonning 30 yillik taraqqiyot yo‘li, ayniqsa so‘nggi 5 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, yoshlarga munosib ta’lim olishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tildi.

 Shuningdek, 40 nafar o‘quvchiga “UZINSURANCE” kompaniyasi nomidan o‘quv qurollari hamda "Maktab o‘quvchilarini baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish" bo‘yicha har biri bir million so‘m javobgarlik doirasida sug‘urta polisi taqdim etildi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ

Axborot xizmati