uz

Uch Oyda Yarim Milliarddan Ziyod To‘Lov. Nega?

image

Uch oyda yarim milliarddan ziyod to‘lov. Nega?

     “O‘zagrosug‘urta” AJ Navoyi filiali 2020 yil yakunlari bo‘yicha eng namunali faoliyati uchun alohida etirof etilgan edi. Sodda aytganda, belgilangan biznes reja ko‘rsatkichlarini boshqalarga nisbatan a’lo darajada uddalashga erishdi. Biznes rejaga nima kiradi? Bu kam harajat, ko‘proq foyda. Ya’ni, ta’minlangan sug‘urta mukofotining to‘langan sug‘urta mukofotiga nisbati tushiniladi. Sug‘urta mukofoti bu rasmiylashtirilgan sug‘urta polislaridan kelib tushadigan pul mablag‘laridir. Sug‘urta xodisasi qancha kam bo‘lsa sug‘urtalovchining daromad olishi oydinlashib boradi.

    Navoiy filiali ko‘p mukofot tushimini ta’minlab, kam to‘lovlarni amalga oshirgani uchun yilni muvaffaqiyatli yakunladi. 2021 yilning birinchi choragida vaziyat boshqacharoq. Ya’ni,  yirik sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

    Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2021 yil 1 may holatiga qariyb 1,8 milliard so‘m sug‘urta mukofoti ta’minlangan, hamda 18 200 ta shartnoma imzolangan. Shu bugunga qadar 122 ta holatda jami 655 million so‘mlik sug‘urta tovonlari to‘lab berilgan.

     Masalan, Karmana tumanidagi “Nurli jaloyir 2019” fermer xo‘jaligi bilan “O‘zagrosug‘urta”AJ Navoiy viloyat filiali o‘rtasida 2020 yil 20 mayda “Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarning bo‘lg‘usi kuzgi boshoqli don hamda paxta ekinlaridan kam hosil olishi natijasida ko‘radigan moliyaviy zararini sug‘urta qilish” bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzilib, tegishli sug‘urta polisi rasmiylashtirilgan. 2020 yil ekilgan paxta hosiliga iyun va iyul oylarida bo‘lgan suv tanqisiligi hamda garmsel natijasida zarar yetadi. Fermer xo‘jaligi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, mijozga sug‘urta hodisasi uchun 311 million so‘mdan ziyod sug‘urta tovoni to‘lab beriladigan bo‘ldi.

    Yana bir misol “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” bo‘yicha “Navoiyazot” AJ xodimi bilan ishlab chiqarish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa uchun 214 million so‘mdan ziyod sug‘urta tovoni to‘lab berilmoqda.

     Umuman olganda “O‘zagrosug‘urta” AJ iqtisodiyot tarmoqlarini sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish maqsadida yuzasidan amaliy harakatlarni olib bormoqda.  

“O‘zagrosug‘urta” AJ

Axborot xizmati