uz

Uzinsurance: Xorazmda Sug‘Urtaviy Savodxonlik Qanday?

image

UZINSURANCE: Xorazmda sug‘urtaviy savodxonlik qanday?

 Ayrim tashkilotlari tomonidan turli xil bahonalar bilan tovonlarning to‘lab berilmasligi yoki to‘lovni besabab kechiktirilishi umumiy bozor imijiga zarba beradi. Bu o‘z navbatida, xalq orasida “sug‘urtachilar aldaydi”, “sug‘urta kompaniyalari firibgar”, “sug‘urtaga ishonch yo‘q” singari iboralarning urchib ketishiga olib keladi. Natijada mijozlar uchun ishlaydigan, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelayotgan, bozorda munosib mavqega ega sug‘urta kompaniyalariga ham ishonch susayadi.

 “UZINSURANCE” (“O‘zagrosug‘urta” AJ) kompaniyasi mijozlar ishonchini oqlashga harakat qilib kelmoqda. Masalan, Xorazm viloyatida sug‘urta javobgarliklari doirasida olingan majburiyatlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 1 sentyabrь holatiga ko‘ra viloyatda qariyb 72 ming dona sug‘urta shartnomalari tuzilgan. Umumiy miqdorda sal kam 5,5 milliard  so‘m sug‘urta mukofoti ta’minlangan bo‘lib, shu vaqtga qadar to‘langan tovonlar miqdori 800 million so‘mni tashkil etmoqda. 

 Aytish kerakki, to‘lovlarning katta qismi majburiy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi. Misol tariqasida aholi ko‘p duch keladigan majburiy sug‘urta bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarni keltirib o‘tish mumkin.

    Xususan, Urganch tumani Karaman qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muhabbat Rajabova nomidagi   “Garovga qo‘yilayotgan transport vositalarini sug‘urta qilish” turi bo‘yicha sug‘urtalangan “Neksiya 3” rusumli avtomashinasiga yo‘l transport hodisasi natijasida zarar yetadi.    M.Rajabovaning arizasiga asosan “UZINSURANCE” (“O‘zagrosug‘urta” AJ) kompaniyasining Xorazm viloyat filiali sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha komissiyasi tomonidan 10 million so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni aniqlanib, to‘lab berildi.

    Yoki bo‘lmasam, Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi “Ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi” yo‘l-transort hodisasi tufayli sug‘urtaning “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” turi bo‘yicha rasmiylashtirilgan polisga asosan  “Nissan Urvan” rusumli avtomashinasiga yetgan zarar filial tomonidan qoplab berildi. Sug‘urta tovoni summasi esa 14 million so‘mni tashkil etadi.

— Mijozlar talablariga mos sug‘urta xizmatini ko‘rsatish maqsadida “Uzinsurance”ning Xorazm filiali rahbar xodimlari tomonidan joylarda  tez-tez aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Xorazmda sug‘urtaviy savodxonlik avvalgi yillarga nisbatan ancha o‘sganligini filialga bo‘layotgan murojaatlarning ko‘payishi bilan izohlasa bo‘ladi, — deydi fillial rahbari Sardor Xudoyshukurov. 

“Uzinsurance” Axborot xizmati