uz

Bizning tarix

"O‘zagrosug‘urta" aksiyadorlik jamiyati 1997 yil 25 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1713-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. Aslida kompaniyaning tarixi bir asrlik davrni o'z ichiga oladi. 

Ma'lumki, 1921 yil 6 oktabrda sug'urta sohasida yagona davlat monopoliyasi o'rnatilgan. Davlat sug'urtasi Bosh boshqarmasi — (Gosstrax) sobiq Ittifoq hududida sug‘urta xizmatini ko'rsatuvchi yagona organ edi. Istiqlol yillarida "O‘zagrosug‘urta" AJ mazkur yirik  tashkilotining vorisiga aylanadi va hozirgi paytda O‘zbekiston sug‘urta bozorining professsional ishtirokchilari ichida yetakchi hisoblanadi. 

Prezidentimizning “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida kompaniyada transformatsiya jarayoni amalga oshirilmoqda.

Transformatsiya doirasida Jamiyatda rebrending oʻtkazilib, 2021 yil 22 iyundan buyon kompaniya “Uzinsurance” tovar va xizmat koʻrsatish belgisi ostida faoliyat olib bormoqda. 

Kompaniya faoliyatini isloh etishda asosiy urgʻu "Har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor" tamoyiliga qaratilganligini alohida taʼkidlash joiz. Isteʼmolchilar manfaatini himoya qilishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash xizmat koʻrsatishning bosh mezoni qilib belgilangan.

Jamiyatning ustav jamg'armasi qariyb 109 mlrd so'mni tashkil etadi.

"O‘zagrosug‘urta" AJ kompaniyasi umumiy sug‘urta sohasining barcha 17 ta klassi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. 

 “O‘zagrosug‘urta” AJ umumiy sug‘urta sohasining barcha 17 ta klassi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq sug‘urta xizmatlarini taklif etilmoqda.

Sug‘urta xizmatlarini qulay va tezkor taqdim etilishini ta’minlash maqsadida Respublika bo‘ylab 1000 nafarga yaqin sug‘urta agentlari orqali aholining mol-mulklari, salomatligi hamda tadbirkorlik faoliyati sug‘urtaviy himoyaga olinmoqda.

Bugungi kunda Jamiyat tomonidan nafaqat yirik shaharlarda, balki mamlakatning eng chekka hududlariga qadar sifatli sug‘urta qilish xizmatlari ko'rsatilmoqda. 

Sohada korrupsiyaga guvoh bo‘ldingizmi?

U holda korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ullari bilan onlayn bog‘laning. Shaxsingiz sir tutilishi kafolatlanadi.

Elektron pochta:
p.turamuratov@agros.uz