uz

Migratsiya

Migratsiya sug‘urta polisi ma'lumotlari
1 Sug‘urta polisi seriya va raqami
2 F.I.O.:
3 Tug‘ulgan sanasi:
4 Manzili:
5 Uchish sanasi:
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish.
       “O‘zargosug‘urta” AJ xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini kompleks sug‘urta qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-sonli Farmoniga muvofiq bir martalik subsidiyalar yuzasidan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadi.
       Sug‘urta polislari Tashqi mehnat migratsiya agentligining tarkibiy tuzilmalarida, aeroportlarda, avtovokzallarda hamda temir yo‘l vokzallarida yiliga 1 (bir) marotaba rasmiylashtirib beriladi.
       Sug‘urta polisi bo‘yicha sug‘urta javobgarligi sug‘urtalangan shaxs (mehnat migranti) O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgandan so‘ng, agarda havo transporti orqali uchganda sug‘urtalangan shaxs uchishni boshlash uchun xavo transportiga o‘tkazilgan vaqtdan boshlanadi.
       Sug‘urta hodisasi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘i hamda boshqa tavakkalchiliklar bilan bog‘liq holatlarning yuzaga kelishi.

       Quyidagilar sug‘urta hodisasi xisoblanadi:

  • - Sug‘urta qildiruvchiga mehnat patenti va ishga joylashishga ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan berilishini rad qilinishi.
  • - Sug‘urtalangan shaxsning shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan kasallika chalinishi;
  • - Sug‘urtalangan shaxsning shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bahtsiz hodisaga uchrashi;
  • - Sug‘urtalangan shaxsning yuqorida ko‘rsatilgan hodisalar natijasida vafot etishi.
  • - Repatriatsiya – Sug‘urtalangan shaxs vafot etganda tanasini vatanga qaytarish.
       Sug‘urta polisining amal qilish muddati 1 yil.
        Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda Sug‘urtalangan shaxs yoki uning yaqinlari tomonidan Assistansga murojaat qilinadi. Sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta polisi va fuqarolik pasporti taqdim qilingandan keyin tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.