Shirift o‘lchami:
Kattalashtirish va kichraytirish:
Ko‘rinish:
“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlar haqida ma'lumot
Lavozim: “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi Qishloq xo‘jaligi departamenti direktori.
Direktorlikka nomzod:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda faoliyati bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini bilishi;
– rahbarlik lavozimida kamida 3 yillik mehnat stajiga ega yoxud rahbariyat tavsiyasiga ega bo‘lgan xodim bo‘lishi mumkin.
– qishloq xo‘jaligi sohasining moliya, iqtisod bilan bog‘liq yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Nomzodga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– oliy ma’lumotli (iqtisodiy, moliya yoki qishloq xo‘jaligi yo‘nalishdagi diplomga ega) bo‘lishi;
– moliya, iqtisod va sug‘urta sohalarining qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq vazifalarda (hokimiyat va qishloq xo‘jalik vazirliklari tizimida) kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi;
– agrar sohaning birlamchi bilimlariga ega bo‘lishi;
– kompyuter texnologiyalaridan foydalana olishi;
– tilni bilish darajasi – o‘zbek tili (rus tili va boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
– hujjatlar nomenklaturasini yuritishni hamda ish yuritishda kerak bo‘ladigan barcha rasmiy hujjatlarni tayyorlashni bilishi lozim.
Direktorga yaratilgan sharoitlar:
– O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga asosan ishga qabul qilinadi. Ofisda faoliyat yuritadi (ish nuqtai nazardan xizmat safarlariga yuboriladi);
– barcha zaruriy moddiy texnik baza bilan ta’minlanadi;
– xizmat avtomobilidan foydalanish;
– besh kunlik ish tartibi. Ish vaqti soat 09:00 – 18:00 gacha, tushlik soat 13:00 – 14:00;
Bo‘sh ish oʼrinlari bo‘yicha Kompaniyaning Xodimlar bilan ishlash Departamentiga murojaat qiling.
Telefon raqam: +998 (71) 216-07-69
Email: yu.antonova@agros.uz