uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Kadrlar Salohiyati Jamiyatning Kelgusidagi Taqdirini Belgilaydi

image

Kadrlar salohiyati jamiyatning kelgusidagi taqdirini belgilaydi

“O‘zagrosug‘urta” AJ hududlarda faoliyat yuritayotgan olimlar ilmiy takliflarini sohaga tatbiq etishga qaratilgan loyihasining navbatdagi seminarida Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti katta o‘qituvchisi Mohira Bakayeva “Davlat boshqaruvi tizimida inson kapitali va kadrlar siyosati” mavzusida ma’ruza qildi.

Videokonferensaloqa orqali Jamiyatning Buxoro viloyatidagi filialida bo‘lib o‘tgan tadbirda Boshqaruv mutaxassislari hamda hududiy filiallar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda mamlakatimizda kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, bugungi kunda qabul qilingan dasturlar va ularning ijrosi doirasidagi ishlar haqida to‘xtaldi.

– Inson kapitali taraqqiyotning harakatlantiruvchi va kelgusidagi taqdirini hal qiluchi kuchi hisoblanadi, – deydi M. Bakayeva. – Shu bois, barqarorlikni ta’minlashga qat’iy bel bog‘lagan har qanday jamiyatda kadrlar zaxirasi yaratiladi, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bugun mamlakatimizda inson kapitali va kadrlar salohiyatini oshirish yo‘lida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi bo‘yicha tegishli ishlar bajarilmoqda.

Seminar davomida olima sug‘urta sohasini rivojlanishi omili inson kapitali va kadrlarni salohiyati bilan bog‘liq ekaniga urg‘u berib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi. Savollarga batafsil javob qaytarildi.