Shirift o‘lchami:
Kattalashtirish va kichraytirish:
Ko‘rinish:
Hozirgi kunda kompaniya respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib boruvchi sug‘urta infratuzilmasiga ega bo`lib, O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi ulushi yuqori hisoblanadi.
Xususan, rasmiylashtirilgan shartnomalar soni, ta'minlangan sug‘urta mukofotlari va qoblab berilgan sug‘urta tovonlari bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi.
Kompaniya doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e’tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida jamiyatga bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Jamiyat mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e’tibor beradi.
Mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini saqlab qolishda sug‘urta bitimlari samaradorligi, ishonchliligini ta’minlash, ish yuritish etikasiga rioya qilishga alohida e'tibor qaratiladi.
Shuningdek, kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatishda yangi axborot texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish, mijozlarga mos va jozibador sug‘urta mahsulotlarini yanada ko‘paytirishga keng e'tibor qaratiladi.
O‘zbekistonning qishloq hududlarida, ayniqsa agrosanoat sohasida sifatli sug‘urta xizmatlarini rivojlanishiga ko‘maklashish, Davlat va xususiy sektor mulkiy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda aholida yuqori saviyali sug‘urta madaniyatini shakllantirish hamda shu yo'l orqali har bir mijozning moliyaviy xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifalarimizdandir.