Shirift o‘lchami:
Kattalashtirish va kichraytirish:
Ko‘rinish:
“Oʻzagrosugʻurta” AJ “SAIPRO” axborot-reyting agentligi tomonidan taqdim etiladigan “Oltin soyabon” jamoatchilik mukofotining “Eng yaxshi sugʻurta kompaniyasi” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan.
Shuningdek, “Ahbor-Reyting” reyting agentligi bir necha marta milliy shkala boʻyicha “barqaror” prognozi bilan “UzA++” darajasida kompaniyaning toʻlovga qobiliyatlilik reytingini tasdiqladi. Bu o'z navbatida "Uzinsurance" kompaniyasining toʻlovga qobiliyatlilik darajasi yuqori va barqaror ekanidan ko'rsatadi.
Ta'kidlash joiz, “Uzinsurance” savdo va xizmat koʻrsatish brendi ostidagi sug'urta kompaniyasi uchun “Standart and Sensetive Ratings” agentligi 2021 yilda milliy shkala boʻyicha “barqaror” prognozi bilan toʻlovga qobiliyatlilik darajasining eng maksimal, ya'ni “AAA” reytingini tasdiqladi.
Jahon sugʻurta bozorida barqaror imijni shakllantirish va dunyoning rivojlangan sugʻurta tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida jamiyatning moliyaviy xoʻjalik faoliyati “Deloyt” (Deloitte) va “Grant Tornton” (Grant Thornton) kabi jahondagi yetakchi auditorlik kompaniyalari tomonidan xalqaro audit standartlari asosida tekshiruvdan oʻtkazilib va ijobiy xulosalar olindi.
Shu bilan birga, kyetma-ket uchinchi yil “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati “Fitch Retings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “BB–” barqaror reytingiga ega boʻldi. Mazkur nufuzli xalqaro agentlik dunyodagi yirik toʻrtalikka kiradi. Asosan moliya-bank va sugʻurta sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniyalarning qimmatli qogʻozlari, sugʻurta xizmati sifati va qamrovi, aktivlari hamda depozit portfeli, shuningdek, moliyaviy holatiga koʻra baholaydi.
Dunyoning koʻplab investorlari mazkur agentlikning kredit reytingiga tayanib ish koʻradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, “Fitch Retings” — “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyatini uchun Oʻzbekistonga sarmoya kiritmoqchi boʻlgan investorlarni qoʻllab-quvvatlash imkoniyati, olingan majburiyatning oʻz vaqtida bajarish kafolati hamda moliyaviy barqarorlik belgisidir.