uz
  • info@agros.uz
  • 1186

"Fitch Ratings": “O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xalqaro Reytingini “Bb-” (“Barqaror”) Darajasida Tasdiqladi

image

"Fitch Ratings": “O‘zagrosug‘urta” AJ xalqaro reytingini “BB-” (“Barqaror”) darajasida tasdiqladi

"Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligi “O‘zagrosug‘urta” AJ va uning ta’sisligidagi “Agros Hayot sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingini “BB- ” (“Barqaror” prognozi) darajasida tasdiqladi. 
Ushbu reyting ko‘rsatkichi kompaniya zimmasiga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarilishi kafolatini, yuqori salohiyatli investorlar uchun ishonchlilik darajasini belgilaydi. Bu esa xorijiy investorlar va mahalliy aholining “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlariga ishonchini yanada mustahkamlashning muhim indikatori hisoblanadi.

"Fitch Ratings" hisobotida, mazkur reyting “O‘zagrosug‘urta” AJ davlat tasarrufida ekanligini hamda uning mamlakat agrosanoat majmuasidagi muhim tizimli roli mavjudligini ifodalashi ta’kidlangan.

“O‘zagrosug‘urta” AJning mustaqil kredit sifati uning kapital holati yaxshilanganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, hisobotda “O‘zagrosug‘urta” AJning 94,6 foiz ulushi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘lib, 2023-yil oxiriga qadar jamiyat aksiyalarining 2 foizi Hukumat tomonidan birlamchi ommaviy joylashtirish yo‘li orqali sotuvga qo‘yilishi rejalashtirilgani qayd etilgan. 

Ta’kidlash joizki, “O‘zagrosug‘urta” AJning kapital pozitsiyasi “Fitch”ning prizma omillariga (FBM) asoslangan modeli yordamida baholanganda, 2021-yildagi “adekvat” ko‘rsatkichdan 2022-yilda “kuchli” darajaga yaxshilangan.

“O‘zagrosug‘urta” AJning investitsiya faoliyati tahlil qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Jamiyat investitsiya mablag‘larini asosan bank depozitlariga, xususan ko‘plab mahalliy davlat banklariga joylashtirganligi qayd etilgan, bu ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 2022-yil yakuniga ko‘ra Jamiyat tomonidan investitsiyaga yo‘naltirilgan aktivlarning 66 foizini tashkil etmoqda.

Umuman olganda, "Fitch Ratings" Jamiyatning qishloq xo‘jaligi sug‘urtasidagi tizimli roli sababli Davlat tomonidan “O‘zagrosug‘urta” AJ ustidan nazorat saqlab qolinishini ma’lum qilgan. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati