Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin
Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar!
Barchangizni “9-may – Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi bilan tabriklaymiz.
Jang maydonlarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan ota-bobolarimizga, front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga, o‘ta og‘ir va mashaqqatli yillarda insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlari namoyon etgan aziz xalqimizga hamisha ta’zim qilamiz.
Bugungi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun sizlarga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.
Yurtimiz tinch, xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lsin!