uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Sug‘Urta Bozorini Rivojlantirishda Qaysi Omillar Muhim?

image

Sug‘urta bozorini rivojlantirishda qaysi omillar muhim?

“O‘zagrosug‘urta” AJning hududlarda faoliyat yuritayotgan olimlarning ilmiy takliflarini sohaga tatbiq etishga qaratilgan loyihasi doirasidagi bu galgi seminarga Guliston davlat universiteti dotsenti Akmal Abduvohidov taklif etildi.

Jamiyatning Sirdaryo viloyatidagi filialida bo‘lib o‘tgan tadbirda videokonferensaloqa orqali Boshqaruv mutaxassislari hamda hududiy filiallar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

“O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini keng rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi seminarda A. Abduvohidov ma’ruza qilib, O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishdagi asosiy muammolarni sanadi. Tovon pullarining o‘z vaqtida to‘lab berilishi, sohaning mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanishi tizimdagi muammolar yechimida muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi. 

– Sug‘urtalash parashyutga o‘xshaydi. Mabodo unga ehtiyoj sezgan payt yoningizda bo‘lmasa, keyin umuman ehtiyoj qolmasligi mumkin. Biz iste’molchi sifatida sug‘urtaga shu jihatidan yondashishimiz kerak. Ana shunda sug‘urtaning hayotimiz va faoliyatimizdagi ahamiyatini tushunib yetamiz, – deydi Akmal Abduvohidov.

Seminar davomida o‘tgan yillar davomida sug‘urta mukofotlari va qoplamalari hamda yalpi ichki mahsulotdagi ulushlarining o‘zgarish dinamikasi solishtirma jadval orqali ko‘rsatib berildi. Sohani takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari berildi.



“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati