uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Yoshlarni Kitobxonlikka Targ‘Ib Qilmoqda

image

“O‘zagrosug‘urta” yoshlarni kitobxonlikka targ‘ib qilmoqda

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan yoshlarda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosdan bahramand etish maqsadida ulug‘ shoir va yirik davlat arboblari Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlab jamiyat boshqaruvida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda videokonferensaloqa orqali boshqaruv mutaxassislari hamda hududiy filiallar mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Oysara Madalieva so‘zga chiqib, “Alisher Navoiy hayoti va shoirning lirik merosi”, “Zahiriddin Muhammad Boburning shoh va shoir sifatida qoldirgan ma’naviy merosi” mavzularida ma’ruza qildi. 

Qayd etish joiz, bugun “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tizimida bugungi kunda 90 nafarga yaqin yoshlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 60 nafardan ziyodi oliy ma'lumotga ega bo‘lib, 13 nafari rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. 

Bugun mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yuqori darajaga ko‘tarilgan, xususan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta'lim olishi, ularni ish bilan ta'minlash va mehnat sharoitini yaxshilash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida ham yoshlar bilan ishlash masalasida alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori bilan tasdiqlangan “2020 – 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash Milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha orasida “O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or fikrlovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sohani rivojlantirishga oid fikr va takliflarini tizimga tatbiq etish, ularning faoliyati bilan bog‘liq turli masalalarga yechim topish, nufuzli oliy ta'lim muassasalarida ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Madaniy tadbir davomida buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Faol yoshlar Navoiy va Bobur g‘azallaridan o‘qib berishdi.