uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Oliy Ta’Lim, Fan Va Innovatsiyalar Vazirligi Bilan O‘Zaro Hamkorlik Mеmorandumi Imzolandi

image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik mеmorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respulikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Shuhrat Rasulov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion hamkorligini amalga oshirish, innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mеmorandumi imzolandi. 

Hujjatga asosan birgalikda:

– O‘zbekiston sug‘urta bozoriga sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, malakali xodimlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish;

– iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ilm-fanning zamonaviy yutuqlarini joriy etish, tadqiqot markazlari, o‘quv-ilmiy markazlarni bosqichma-bosqich tashkil etish orqali oliy ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

– iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;

– hamkorlikda tadqiqot olib borish, dolzarb muammoli mavzular bo‘yicha ilmiy ishlar tayyorlash, nashr etish, seminar va konferensiyalar tashkil etish kabi ko‘p qirrali hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.