uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta”: Marketingni Rivojlantirish Mijozlar Bilan Muloqotni Yaxshilaydi

image

“O‘zagrosug‘urta”: marketingni rivojlantirish mijozlar bilan muloqotni yaxshilaydi

“O‘zagrosug‘urta” AJning Xorazm viloyatidagi filialida “Sug‘urta xizmatlarini sotishda marketingni roli” mavzusida seminar bo‘ldi. 

Tadbirda videokonferensaloqa orqali Boshqaruv mutaxassislari hamda hududiy filiallar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Urganch davlat universiteti dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dilfuza Matyoqubova ma’ruza qildi.

Ta’kidlanganidek, sug‘urta bozoriga chuqur kirib borish, mijozlarning e’tiborini jalb qilishda marketing xizmatini rivojlantirish har qanday kompaniya faoliyatining muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i kerak. Marketing shunchaki sug‘urta kompaniyasining reklamasini tashkil etuvchi xizmat emas, balki mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish strategiyasiga ega bo‘lsagina kutilayotgan natijaga erishish mumkin. Shu bois, bugun bozorda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan har bir kompaniya marketing xizmatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ma’ruzachi tadbir davomida marketingning asosiy tamoyillari, bozor konyunkturasini shakllantiruvchi omillar, istiqboldagi rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda baholash uslublari haqida batafsil gapirib berdi. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zagrosug‘urta” AJ hududlarda faoliyat yuritayotgan olimlarning ilmiy takliflarini sohaga tatbiq etishga qaratilgan seminarlar tashkil etib bormoqda.