uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Qayta Sug‘Urta Sohasida Ozarbayjon Kompaniyasi Bilan Hamkorlik Qiladi

image

“O‘zagrosug‘urta” qayta sug‘urta sohasida Ozarbayjon kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

 

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvida Ozarbayjon Respublikasining Xamsa qayta sug‘urta brokeri (Khamsa insurance and reinsurance brokers) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Jamiyat Boshqaruvi rahbariyati, Qayta sug‘urtalash va xalqaro munosabatlar departamenti mas’ul xodimlari hamda Xamsa qayta sug‘urta brokeri direktori Xazar Tagiyev, faoliyat bo‘yicha ishlarni bajaruvchi direktor Lana Gezalova, biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer Yelxan Guliyev ishtirok etdi. 

Uchrashuvda tomonlar Ozarbayjon hamda mamlakatimiz sug‘urta va qayta sug‘urta bozorining bugungi holati bo‘yicha fikrlashdi. Kompaniyalar faoliyati, erishilgan yutuqlari, istiqboldagi rejalari bilan tanishishdi.

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati hamda Xamsa qayta sug‘urta brokeri o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qulay va manfaatli qayta sug‘urta xizmatlari taqdim etish borasida tajriba almashish hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan fikr almashildi. 

Qayd etish joiz, Xamsa qayta sug‘urta brokeriga 2021-yilda asos solingan bo‘lib, Ozarbayjon Respublikasining yirik sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlaridan biri sifatida yuqori darajadagi mutaxassislarni birlashtirgan holda sug‘urta va qayta sug‘urtalash bilan bog‘liq xizmatlar, shuningdek, sohaga oid konsalting xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.