uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʻZagrosugʻUrta” Aj Boshqaruvi Bo‘Sh Ish O‘Rniga Tanlov E’Lon Qiladi

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ Boshqaruvi bo‘sh ish o‘rniga tanlov e’lon qiladi

“Oʻzagrosugʻurta” AJ (matnda bundan buyon – Jamiyat deb yuritiladi) Jamiyat Boshqaruvining Marketing, innovatsiya va sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga munosib nomzodlarni ishga olish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Lavozim majburiyatlari, nomzodlarga quyiladigan talablar, tanlov bosqichi, ishtirok etish shartlari haqida quyida tanishishingiz mumkin.

Nomzod:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda faoliyati bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini bilishi;
– rahbarlik lavozimida kamida 1 yillik mehnat stajiga ega yoxud rahbariyat tavsiyasiga ega bo‘lgan xodim bo‘lishi;
– marketing sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Nomzodga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– oliy ma’lumotli (marketing, sotsiologiya, menejment) bo‘lishi; 
– moliya, iqtisod va sug‘urta sohalarining marketing bo‘limida ishlaganligi maqsadga muvofiq;
– sug‘urta sohasining birlamchi bilimlariga ega bo‘lishi;
– ijtimoiy tarmoqlar orqali marketingni rivojlantirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
– tilni bilish darajasi – o‘zbek, rus va ingliz tillari (boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
– hujjatlar nomenklaturasini yuritishni hamda ish yuritishda kerak bo‘ladigan barcha rasmiy hujjatlarni tayyorlashni bilishi lozim.

Nomzodga yaratilgan sharoitlar:
– O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan ishga qabul qilinadi. Ofisda faoliyat yuritadi (ish nuqtayi nazardan xizmat safarlariga yuboriladi);
– barcha zaruriy moddiy texnik baza bilan ta’minlanadi;
– besh kunlik ish tartibi. Ish vaqti soat 09:00 – 18:00 gacha, tushlik soat 13:00 – 14:00;

Tanlov quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
– hujjatlar qabuli;
– hujjatlarni koʻrib chiqish va baholash;
– tanlov komissiyasi bilan individual suhbat.

Ish haqi shtatlar jadvaliga asosan belgilanadi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish haqidan tashqari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar qoʻllaniladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor-nomzodlar vakant@agros.uz elektron pochta manziliga kerakli hujjatlarni (pasport, diplom(lar) va uning ilovalari, mehnat daftarchasi va obyektivka) yuborish lozim.

Dastlabki saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi.

Hujjatlar 2024-yil 29-martga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: 71 203-20-22. Ichki raqam 1019, 1021, 1022.

Ishga marhamat!