uz
  • info@agros.uz
  • 1186

OʻZbek Tili – Milliy OʻZligimiz Va Mustaqil Davlatchiligimiz Timsoli

image

Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli

“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvida 21-oktabr -- Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

Davra suhbatida ilmiy tadqiqotchilar, tilshunoslar, Jamiyat Boshqaruvi rahbarlari, departamentlar rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirni hududiy filiallar va tuman va shaharlardagi sugʻurta markazlari xodimlari videokonferens aloqa orqali kuzatib bordilar. 

Tadbirda oʻzbek tilining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi, davlat tili maqomi berilishidagi murakkabliklar haqida fikr bildirildi. Shuningdek, hujjatlarda oʻzbek tili imkoniyatlaridan keng foydalanish, soʻzlarni toʻgʻri qoʻllash kabi davlat tilida ish yuritishga doir tavsiyalar berildi.