uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Parkentlik Yoshlarni Xalq Sayliga Jamladi

image

“O‘ZAGROSUG‘URTA” PARKENTLIK YOSHLARNI XALQ SAYLIGA JAMLADI

Parkent tumanining Zarkent hududida o‘tkazilayotgan “Somsa sayli” folklor jamoalarning chiqishlari, xalq o‘yinlari, koʻngilochar va konsert dasturlari, sport musobaqalariga boy bo‘layotgani bilan tashrif buyuruvchilarga ko‘tarinki kayfiyat, olam-olam taassurot bag‘ishlamoqda... 

“O‘zagrosug‘urta” aksiadorlik jamiyatiga biriktirilgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv ayni shu sayl doirasida bo‘lib o‘tdi. 

Yoshlardagi qiziqish, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan mazkur madaniy-ma'rifiy uchrashuvda kitobxonlik targ‘iboti tadbirlari, sport musobaqalari tashkil etildi. 

Yoshlar shaxmat, shashka, badminton va kurash kabi sport turlari bo‘yicha bellashdi. G‘oliblarga Jamiyatning esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Jamiyatning parkentlik yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlari davom etmoqda.