uz

“OʻZagrosugʻUrta” Ishga Taklif Etadi

image

“Oʻzagrosugʻurta” ishga taklif etadi

“Oʻzagrosugʻurta” AJ (keyingi oʻrinlarda – Jamiyat) Boshqaruvi Raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi (boʻsh ish oʻrni)ga taklif etamiz.
 

Boshqaruv Raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining vazifalari quyidagilardan iborat:

– Jamiyatning faoliyatiga doir konferensiyalar, forumlar, seminarlarni tashkillashtiradi va qatnashadi;

– Jamiyatnig faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun materiallarni toʻplab boradi;

– sugʻurta xizmatlari boʻyicha maʼlumotlarni OAVlari (sayt va ijtimoiy tarmoqlari)ga joylashtirish orqali targʻibot-tashviqot ishlarni olib boradi;

– Jamiyatning tadbirlarini OAVlarida yoritilishini tashkil qiladi, kerakli hujjatlar va materiallarini tayyorlaydi;

– Jamiyat ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganish ishlarini tashkillashtiradi.


Lavozimga qoʻyilgan talablar:

– maʼlumoti – oliy (jurnalist);

– tilni bilish darajasi – oʻzbek tili (rus tili va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi. Oʻzbek tilida xatosiz yoza olish);

– Axborot xizmati sohasida kamida 3 yil mehnat faoliyati.


Boshqaruv Raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi quyidagilarni bilishi zarur:

– ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi Qonunchilikni;

– nashriyot va ishlab chiqarish asoslarini;

– tahrirlashni;

– intervyu olishni;

– jurnalistik etikani;

– komputer texnologiyalaridan foydalanishni;

– press-reliz, tahliliy maqola, sohaviy maqolalarni xatosiz va yuqori darajada yoza olish. Media-rejani tuza olish va ijrosini sifatli bajarish;

– koʻp vazifali muhitda ishlash qobiliyati.


Boshqaruv Raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisiga yaratilgan sharoitlar:

– Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan ishga qabul qilinadi. Ofisda faoliyat yuritadi (ish nuqtayi nazardan xizmat safarlariga yuboriladi);

– barcha zaruriy moddiy texnik baza bilan taʼminlanadi;

– xizmat avtomobilidan foydalanish;

– besh kunlik ish tartibi. Ish vaqti soat 09:00 dan, 18:00 gacha, tushlik soat 13:00 dan 14:00 gacha;

– oylik ish haqi shtat jadvaliga asosan (ishning sifatiga qarab, choraklik va bayram kunlari uchun ragʻbatlantirilishi mumkin).

 

Tanlov quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

- hujjatlar qabuli;

- hujjatlarni koʻrib chiqish va baholash;

- tanlov komissiyasi bilan individual suhbat.

Ish haqi shtatlar jadvaliga asosan belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar qoʻllaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor-nomzodlar vakant@agros.uz elektron pochta manziliga kerakli hujjatlarni (pasport, diplom(lar) va uning ilovalari, mehnat daftarchasi va obyektivka) yuborishi lozim.

Dastlabki saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi. Hujjatlar 2024-yil 20-mayga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.

Suhbat kuni 23-may. Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: (71) 203-20-22. Ichki raqam 1019, 1021, 1022