uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajdagi Bo‘Sh Ish O‘Rinlari Haqida Ma’Lumot Berildi

image

“O‘ZAGROSUG‘URTA” AJdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida tashkil etilgan “Karyera yarmarkasi”da “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi vakillari mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. 

Bitiruvchi yoshlarga Jamiyat faoliyati, joylardagi filiallari va sug‘urta markazlari, aholiga taqdim etib kelayotgan sug‘urta xizmatlari haqida ma’lumot berildi. 

Ular Jamiyatda xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ishga qabul qilishdagi talablar, mutaxassislik o‘rinlari bilan tanishtirildi.