uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” – Korrupsiyaga Qarshi

image

“O‘zagrosug‘urta” – korrupsiyaga qarshi

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida “Korrupsiyaga befarq bo‘lmasligimiz kerak” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda departamentlar direktorlari, mas'ul xodimlar ishtirok etdi. Hududlardagi filiallar va sug‘urta markazlari mutaxassislari tadbirni videokonferensaloqa orqali kuzatib bordilar. 

Tadbirda korrupsiya davlat va jamiyatni iqtisodiy tanazzulga yetaklovchi illat ekani ta'kidlanib, bugungi kunda “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni ko‘rib chiqish, xodimlarning kasb etikasi va korrupsiyaviy holatlarga qarshi kurashishdagi vazifalari bo‘yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda jamiyatda qabul qilingan hujjatlar va ularning ijrosi yuzasidan ma'lumot berildi. 

Seminar so‘nggida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan uchrashuv va tadbirlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.


“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati