uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajda Transformatsiya Ishlari Jadal Davom Etmoqda

image

“O‘zagrosug‘urta” AJda transformatsiya ishlari jadal davom etmoqda

“O‘zagrosug‘urta” AJda transformatsiyasi davomida moliyaviy sog‘lomlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish va uning xalqaro imijini mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratilgan. 

Jamiyatda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) asosida doimiy tarzda hisobotlar tayyorlash amaliyotiga o‘tildi. “O‘zagrosug‘urta” Deloitte va Grant Thornton International xalqaro tashkilotlari audit tekshiruvi o‘tkazilib, Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining “BB-” barqaror reytingini olishi natijasida xalqaro sug‘urta bozoriga chiqish eshiklari ochildi va jahondagi yirik sug‘urta kompaniyalari, qayta sug‘urta brokerlari bilan hamkorlik aloqalari kuchaytirilmoqda.

Transformatsiya doirasida kompaniyaning xaridlar tizimi Ernst&Young advisory tashkiloti tomonidan auditdan o‘tkazilib, ijobiy xulosalar olindi.

Shu bilan birga, bugungi kunda Ernst&Young advisory bilan birgalikda kompaniyaning 2023−2025-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, o‘zgarishlar birinchi navbatda tizimni to‘liq raqamlashtirishga qaratiladi. Bundan tashqari, xorijiy qayta sug‘urta shartnomalarini qulay va imtiyozli shartlarda yangilab borish, ko‘lamini kengaytirish rejalashtirilyapti.

Shuningdek, kadrlar siyosatida ham muhim o‘zgarishlar kutilyapti. Jamiyatning biznes va xo‘jalik faoliyati muvofiqligini baholash tizimini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro sertifikatga (ISO 37001:2016) ega bo‘lish bosh maqsad etib belgilangan.

Mijozlarga sifatli va samarali sug‘urta xizmatlarini taklif qilish maqsadida sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yangicha tizim yaratiladi.