uz

“Omadli Sug‘Urta”Dan Farg‘Onalik Mijoz “Chery Arrizo 6 Pro” Avtomobilini Yutib Oldi

image

“Omadli sug‘urta”dan farg‘onalik mijoz “CHERY Arrizo 6 PRO” avtomobilini yutib oldi

2024-yilning 22-fevral kuni “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan “Omadli sug‘urta” aksiyasi gʻoliblarini aniqlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayonini bevosita Hakamlar hay’ati hamda Jamiyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali mijozlarimiz jonli efirda kuzatib borishdi. 

Umumiy hisob kitoblarga ko‘ra, 2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil 1-fevralga qadar 20 turdagi ixtiyoriy sug‘urta turlari (onlayn va offlayn shakldagi) bo‘yicha sug‘urta qildirgan mijozlarga sotilgan 75 133 ta polis aksiyada ishtirok etdi.

Aksiya g‘oliblari komputerda Random dasturi orqali tasodifiy tanlab olindi hamda ketma-ketlik bo‘yicha sovg‘alarga ega bo‘ldi. 

G‘oliblar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin: 

– Namangan viloyati Uychi tumanidan Sobirjon Tilanov; 
– Xorazm viloyati Urganch shahridan Sanobar Abdullayeva; 
– Namangan viloyati Chust tumanidan Baxtiyor Sharopov; 
– Xorazm viloyati Gurlan tumanidan Feruza Polvonova; 
– Andijon viloyati Asaka tumanidan Nodirbek Uzaqovlarning har biri noutbuk yutib olishdi.

Ikkita “Iphone 15” smartfoni Sirdaryo viloyati Guliston shahridan Zaxida Temirova hamda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan Farxadjan Ikromovga nasib qildi.
 
CHERY Arrizo 6 PRO avtomobili sovrindori esa Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidan Solihabonu Zuropova bo‘ldi.

Shuningdek, aksiya davrida har bir hududdan eng ko‘p sugʻurta mukofotini taʻminlagan sugʻurta agentlari tanlab olindi. Aksiyada jami 35 nafar sug‘urta agenti orasidan tasodifiy to‘rt nafari sovrindor bo‘ldi. 

“Samsung Galaxy S23” smartfonini Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Sug‘urta markazi agenti Ozodjon Zayniyev;

Ikkita “Apple watch 8” aqlli soati Namangan viloyati Norin tumani Sug‘urta markazi agenti Naziraxon Doripova hamda Toshkent viloyati Zangiota tumani Sug‘urta markazi agenti Bobur Boltayevga chiqdi.

Noutbukni esa Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Sug‘urta markazi agenti Abdug‘ani Xojiboqiyev yutib oldi. 

Bundan tashqari, sug‘urta markazlari agentlarining sug‘urta xizmatlarimizni aholi o‘rtasida keng tanitish, kompaniya nomi targ‘iboti hamda aholi bilan ishlashdagi mehnatini qadrlagan holda agentlar o‘rtasida qo‘shimcha yana ikkita sovg‘a o‘ynaldi. 

Random dasturi natijalariga ko‘ra, Xorazm viloyati Gurlan tumani Sug‘urta markazi agenti Muborak Matyakubovaga changyutkich, Farg‘ona viloyati Vodil sug‘urta markazi agenti Manzura Akbarovaga zamonaviy televizor nasib etdi. 

G‘oliblarni “Omadli sug‘urta” yutuqlari bilan tabriklaymiz. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan bunday aksiyalar muntazam o‘tkazilib, mijozlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etib boriladi. O‘zingiz, farzandlaringiz, tadbirkorlik faoliyatingiz va mol-mulkiningizni sug‘urta qildiring – xotirjam bo‘lasiz. Qolaversa, omad kulib boqib, qimmatbaho sovg‘alarimizning egasiga aylanasiz!
 
“O‘zagrosug‘urta” – yillar davomida oqlangan ishonch!