uz

Maqsad Mijozlar Manfaatini Ta’Minlash

image

Maqsad mijozlar manfaatini ta’minlash

    O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan aholiga sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Sug‘urta qildiruvchilarning sug‘urta tashkilotiga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda sug‘urta to‘lov hujjatlarining shaffofligini ta’minlash hamda har bir mijoz murojaatini o‘z vaqtida o‘rganib chiqish kompaniyaning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi.
    Bugungi kunda sug‘urta qildiruvchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘satish maqsadida, sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari bo‘yicha voqea joyiga sug‘urtalovchining ishonchli vakillarini (adjaster) jalb qilish va IIB YXHB hodimlari aralashuvisiz yo‘l transport hodisalari xujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-sentyabrdagi qarori talablariga asosan hujjatlarni rasmiylashtirish tizimi (Yevroprotokol) yo‘lga qo‘yildi. 
    Bu o‘z navbatida yo‘l transprot hodisalari bo‘yicha jabrlanuvchilarga  IIB YXHB xodimlari tomonidan voqea joyida hujjatlarni rasmiylashtirishga, ularni o‘rganib chiqishga hamda tegishli sud organlari tomonidan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishga sarflanadigan muddatlarning qisqarishiga olib keladi hamda sug‘urta tashkilotlaridan yetkazilgan zararlar bo‘yicha sug‘urta tovonlarini tez fursatlarda olishlariga imkon yaratadi.
    Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Sug‘urta bozorida 40 dan ziyod sug‘urta tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu o‘z navbatida sug‘urta tashkilotlari orasida sog‘lom raqobatning rivojlantirishga, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishiga hamda ular manfaatlarining ishonchli himoyasini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 
    Mazkur yo‘nalishda “Har bir mijoz muhim, uning manfaatlari ustuvor” tamoili asosida faoliyat yuritayotgan “O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida tuziladigan sug‘urta shartnomalarida sug‘urta tavakkalchiliklari ruyxatini aniq belgilash va qanday holatlarda sug‘urta hodisasi tan olinishini ko‘rsatish, mijoz tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘plami ro‘yxatini qisqartirish ya’ni, optimallashtirish, umumiy istisnolar qismini mijoz manfaatlarini ko‘zlagan holda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yildi. Bular bevosita iste’molchilarning sug‘urtalovchiga bo‘lgan ishonchning ortishini ta’minlaydigan omillardir. 

Muzaffar IBRAGIMOV,
Sug‘urta da’volari departamenti menejeri