uz
image

Tanlov

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi Qayta sug‘urtalash va xalqaro munosabatlar departamenti direktori lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Lavozim majburiyatlari:
- kompaniyaning qayta sug‘urta operatsiyalarini tahlil qilish, hisobini yuritish va nazoratini amalga oshirish;
- mamlakat sug‘urta bozoridagi mahalliy, moliyaviy barqaror, istiqbolli sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
- chet el va mahalliy sug‘urta, qayta sug‘urta kompaniyalari hamda brokerlik tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
- qayta sug‘urtalash faoliyati doirasida yirik qaltisliklarni qayta sug‘urtaga olish masalasida chet el va mahalliy sug‘urta, qayta sug‘urta kompaniyalari va qayta sug‘urta brokerlari bilan muzokaralar olib borish;
- qayta sug‘urtalash faoliyatini amalga oshirish maqsadida qayta sug‘urta sliplarini tayyorlanishini nazorat qilish.

Nomzodlarga talablar:
- ma’lumoti – oliy, moliya, iqtisod sug‘urta ishi ta’lim yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lishi;
- xorijiy (ingliz, rus va boshqa) tillarni mukammal bilishi;
- kompyuterda ishlashni mukammal bilish (Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
- ma’lumot va hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, jamoa bilan ishlash hamda o‘z bilimini muntazam oshirib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- faoliyat bo‘yicha xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.

Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
- hujjatlar qabuli;
- hujjatlarni ko‘rib chiqish;
- individual suhbat.

Ish haqi shtatlar jadvaliga belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar qo‘llaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun
talabgor-nomzodlar quyida berilgan elektron pochta manziliga (pasport, diplom(lar), ma’lumotnoma-ob’ektivka nusxasi) yuborishi lozim.
vakant@agros.uz