uz

“O‘Zagrosug‘Urta”: Faoliyatimizda Sifat Siyosati Ustuvor Masala

image

“O‘zagrosug‘urta”: faoliyatimizda sifat siyosati ustuvor masala

Ko‘p yillardan buyon aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlariga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan “O‘zagrosug‘urta” AJ taraqqiyotining muhim omili – bu har bir mijozning talab va takliflarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sifatli sug‘urta xizmatini taqdim etishi bilan bog‘liqdir. Bundan mijoz ham sug‘urta kompaniyasi ham manfaatdor.
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining sifat menejmenti tizimi mijozlarning barcha talablariga javob beradigan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, uzoq muddatli va barqaror foyda shuningdek, doimiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan izchil harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Jamiyat rahbariyati va mutaxassislari ushbu tamoyilga amal qilgan holda sifatli xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z oldiga asosiy maqsadni, ya’ni mijozlarning “O‘zagrosug‘urta” AJ (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) ga yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etib boruvchi sug‘urta kompaniyasi sifatida ishonchini qozonishni belgilab olgan.
Ushbu maqsadga erishish va ularni amalga oshirish uchun Jamiyat quyidagi asosiy strategik yo‘nalish va vazifalarni belgilab olgan. 
Jumladan:
– ichki va tashqi bozorda “O‘zagrosug‘urta” AJning imiji va O‘zbekiston sug‘urta bozorida raqobatbardoshligini yanada oshirish;
– mijozlarning sug‘urta kompaniyasi xizmatlaridan roziligiga erishish;
– Jamiyatning moliyaviy barqarorligi yuksaltirish va to‘lov qobiliyatini yanada oshirish;
– Jamiyat infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayoniga zamonaviy IT-texnologiyalarni tatbiq etib borish;
– Jamiyat agentlarining xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish va ularning malakasini oshirib borish;
– xizmat ko‘rsatishda yuqori professionallikka erishish va bu jarayonda ishtirok etuvchi Jamiyat mutaxassislarining malakasini doimiy oshirib borishni tashkil etish;
Belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish uchun Jamiyat rahbariyati quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
– ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq sifat tizimiga qo‘yiladigan barcha talablarni bajarish;
– sifat sohasidagi maqsad va vazifalarni aniqlash;
– Jamiyatning boshqaruv tizimi faoliyatining yetarliligi va samaradorligi bo‘yicha muntazam tahlillarni o‘tkazish;
– bunday tahlillar asosida sifat tizimini doimiy ravishda takomillashtirish, sifat sohasidagi maqsad va vazifalarni tuzatish orqali amalga oshirish.
– tashkilotning barcha darajalarida sifat siyosati va uning bajarilishini tushuntirish;
Jamiyatning sifat siyosati taqozo etadi:
Barcha tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari:
– o‘z faoliyatida ushbu siyosat talablariga amal qilish, bo‘linmalarning barcha xodimlari tomonidan sifat siyosati mohiyati tushunilishi va amaliy bajarilishini ta’minlash;
– mehnat samaradorligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq doimiy ravishda malaka oshirish va ularning kasbiy o‘sishi uchun sharoit yaratish.
Jamiyatning har bir xodimidan talab etiladi:
– sifat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bilish va amalga oshirilayotgan tadbirlarda unga rioya qilish;
– qonunchilik, sug‘urtalovchilar, kompaniya va ISO 9001:2015 standarti tomonidan qo‘yilgan barcha zarur talablarni bajarish;
– ijodiy tashabbus ko‘rsatish, takliflar berish va ish sifatiga to‘sqinlik qiladigan har qanday sabab va holatlarni bartaraf etishga intilish.
Jamiyat rahbariyati kompaniyaning barcha darajalarida ushbu sifat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, xodimlarning yuqoridagi qoidalarga amal qilishi va yuqori natijalarga erishishi, bunig uchun zarur resurslar bilan ta’minlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash majburiyatini oladi.