uz

Avtomashinaga O‘Rnatilgan Gaz Balloni Portlasa, Zararni “O‘Zagrosug‘Urta” Aj To‘Lab Beradi

image

Avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlasa, zararni “O‘zagrosug‘urta” AJ to‘lab beradi

Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zan avtomashinalarga o‘rnatilgan gaz ballonlari portlashi bilan bog‘liq voqealar haqida o‘qib qolamiz. Albatta, bunday ayanchli hodisa oqibatida haydovchilar katta zarar ko‘radi. 

Xo‘sh, avtomashinalardagi gaz ballonlari portlashi bilan bog‘liq holatlarda zararni kim qoplab beradi? 

“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Avtotransport vositasiga o‘rnatilgan gaz uskunasidan foydalanish oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan qaltisliklardan sug‘urta qilish” xizmati bunday vaziyatga tushgan haydovchilarni moddiy zararlardan qutqarib qoladi. 
Avtotransport vositasiga o‘rnatilgan gaz uskunasi: 
– yo‘l transport hodisasi (YTH);
– yong‘in, portlash natijasida yo‘qotilsa yoki zararlansa;
Avtotransport vositasiga o‘rnatilgan gaz uskunasi portlashi yoki yong‘in chiqishi oqibatida uchinchi shaxslar:
– jismoniy shaxslar;
– yuridik shaxslarga zarar yetkazilganda sug‘urta tovoni to‘lab beriladi. 

“O‘zagrosug‘urta” AJning ushbu sug‘urta polisini istalgan vaqtda, hatto mashinangizda o‘tirib ham mobil telefoningiz orqali onlayn shaklda sotib olishingiz mumkin.
Telefon: 1186